
Amorim Onananing so‘nggi daqiqalardagi xatosi va o‘yin haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Lion"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, Andre Onananing qo‘pol xatosi va bo‘lib o‘tgan bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz xafamiz. Uchrashuvni kamida bir gol farqi bilan yakunlashimiz kerak edi. Endi esa oldindagi o‘yin — "Old Trafford"da. U erda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Onanaga kelsak, u APLdagi keyingi uchrashuvga e’tibor qaratishi kerak, shundan so‘ng javob o‘yini haqida o‘ylash mumkin. "Lion"ga qarshi o‘yinda bir futbolchining xatosi — butun jamoaning xatosi.
Biz yaxshi o‘ynadik. Birinchi taymda ayrim qiyinchiliklar bo‘ldi, ayniqsa pressingni boshlashda. Ikkinchi taymda moslashdik va o‘yinni nazorat qildik. Biz ko‘pincha raqib jarima maydoni yaqinida bo‘ldik. O‘yin yaxshi o‘tdi, lekin bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi.
Biz o‘yindan o‘yinga kuchayapmiz, lekin golli vaziyatlarni amalga oshirishni yaxshilash kerak" – deya aytib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar