
“An-Nasr” barbod bo‘lish arafasida, Ronalduning esa ovozini o‘chirib qo‘yishdi!
“An-Nasr” Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Evropaning taniqli o‘yinchilari uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l ochilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Riyod klubi muammolar iskanjasida qolgan. Essentially Sports nashrining yozishicha, Saudiya Arabistoni sarmoya fondi “An-Nasr”ni moliyaviy ta’minlashni cheklaganidan keyin muammolar kelib chiqmoqda.
Boshqaruv vakillarining bir nechtasi klubni tark etdi. Klub Prezidenti Ibrohim bin Abdulla Al-Muhaddib yuqori turuvchi organ rahbariyati bilan uchrashib, moliyalashtirish bo‘yicha yordam so‘radi, biroq rad javobini oldi.
Al-Muhaddib iste’foga chiqqanian keyin boshqaruv kengashi a’zosi Kafari Al-Kafari ham lavozimini tark etdi. Tez orada direktorlar kengashining qolgan a’zolari ham iste’foga chiqishi kutilmoqda.
“An-Nasr” loyihasi Krishtianu Ronaldu atrofida qurilayotgan edi. Mashhur futbolchidan klub ichidagi muammolarni ovoza qilmaslikni talab qilishdi. Tarkibdagi yulduzlarning aksariyati klubni tark etmoqchi, yangi o‘yinchilarni olish rad etilmoqda.
Bu holat Krishtianu Ronalduga yomon ta’sir qilayotgani aytilmoqda. Krishtianu bir necha marotaba yuqori rahbariyat bilan uchrashishga harakat qilgan, biroq unga ruxsat berilmadi.
Fikrlar