"An-Nasr" Ronalduga Bundesligadan sherik topdi

  • 27 yanvar, 19:00
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Kicker" xabariga ko‘ra, Saudiya klubi "Bayer" futbolchisi Viktor Bonifeysni nishonga olgan. O‘tgan yili bu futbolchi etakchi jamoalar bilan faol bog‘langan. Biroq, so‘nggi paytlarda nigeriyalik futbolchi transfer mish-mishlarida kamdan-kam uchray boshladi.

"An-Nasr" esa bundan foydalanishi mumkin. Arab klubi 50 million evrodan yuqori taklif yuborsa, "Bayer" 24 yoshli Bonifeys uchun taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Klubda Viktor Bonifeys hujumda Krishtianu Ronaldu bilan birlashishi mumkin.

Tecno

Ma’lumot uchun, 2024/2025-yilgi mavsumda nigeriyalik futbolchi 15 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan. Hujumchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!