"An-Nasr" Ronalduga noodatiy futbolkani topshirdi (Foto)

  • 14 sentabr, 2024, 09:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" Ronalduga 900 raqami va GOAT yozuvi tushirilgan futbolkani topshirdi.



"An-Nasr" jamoasi Krishtianu Ronalduga uning faoliyatidagi 900-goli sharafiga futbolka sovg‘a qildi.
Saudiya Arabistoni chempionatining "Al-Ahli" jamoasiga qarshi o‘yinidan oldin 39 yoshli portugaliyalik futbolchiga 900 raqami va GOAT (Greatest of all time - "barcha zamonlarning eng buyugi") yozuvi tushirilgan futbolka taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning 900-goli Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Xorvatiya darvozasiga kiritilgan to‘p bo‘ldi. Milliy terma jamoa safida Krishtianu 131 ta gol urgan. Klublar tarkibida esa u raqiblar darvozasini 769 marta ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!