
"An-Nasr" yirik hisobda g‘alaba qozondi. Ronaldudan ikki gol va assist
Saudiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" - "Al-Shabab" bahsi mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Ronaldu ikkita penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni ikkitaga oshirgan bo‘lsa, taym so‘nggida Mane ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 80-daqiqada Sulton o‘yinga nutqa qo‘yuvchi golni urdi.
Shu tariqa, "An-Nasr" turnir jadvalida 6-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar