
Ana erkak! Pike Shakiradan pul undiryapti!
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike farzandlari Shakira bilan Mayamida yashashiga rozi bo‘ldi. Endi kolumbiyalik xonanda futbolchining ikki talabini bajarishi kerak bo‘ladi.
Unga ko‘ra, Shakira Pikega har yili besh marta farzanlarini ko‘rish maqsadida Mayamiga borishi uchun yo‘l xarajatlarini ko‘taradi.
Bundan tashqari, Jerar Shakira uning 400 ming dollar miqdoridagi qarzini to‘lab berishini talab qildi.
Ma’lumki, Pikening xiyonatidan xabar topgan Shakira 12 yil davom etgan hamkorlikdagi hayotdan voz kechib, AQShga ko‘chib ketdi. Ularning o‘zaro 9 va 6 yoshli farzandlari bor.
Fikrlar