
Ana xolos !!! WBC Kroufordni chempionlik kamaridan mahrum qildi
Amerikalik bokschi Terens Krouford yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda. Sportchi "ta’tilda chempion" maqomini oldi. Krouford o‘tgan yozda Errol Spensni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, WBC kamarini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Terens(40-0, 31 KO) hamyurtimiz Isroil Madrimov(10-0-1, 7 KO)ga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ularning jangi 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Sportchilar birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun kurashadilar.
Fikrlar