Ana xolos! 2 ta mamlakat Tokio Olimpiadasidan chetlatildi

BEPUL PROPAN

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi sanktsiyalar qo‘mitasi antidoping qoidalarini buzgani uchun Tailand va Malayziya og‘ir atletika federatsiyalarini diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda olympic.uz rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tailandning 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilari besh oyga, kattalar terma jamoasi esa 11 oyga musobaqalardan chetlashtirildi. Shuningdek, Tailand terma jamoasi Olimpiya o‘yinlari qachon o‘tkazilishidan qat’i nazar o‘yinlardan chetlatildi. Tailand og‘ir atletika federatsiyasi statusi 2023 yilning 1 apreliga qadar to‘xtatildi.

Malayziyalik atletlar ham IWF sha’feligidagi musobaqadan so‘ng 5 oy davomida o‘tkaziladigan musobaqalardan chetlatilishdi. Ular ham Tailand kabi Tokio-2021 o‘yinlarida ishtirok etmaydilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!