Ana xolos! "Barselona" - "Napoli" uchrashuvi ham tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv koronavirus tufayli cheklovga uchradi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha "Barselona" va "Napoli" jamoalari o‘rtasidagi "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadigan bellashuv tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 18 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi belgilangan. Ularning Italiyadagi dastlabki o‘yini 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq PSJ hamda “Borussiya” Dortmund jamoalari uchrashuvi ham koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

Fikrlar