
Ana xolos! "Barselona" futbolchisi uchun mavsum muddatidan avval yakuniga etdi
“Barselona” klubi himoyachisi Serji Roberto kecha “Atletiko”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan edi.
Kataloniyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi kamida 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi. Aytish lozimki, kechagi bahsda zaxiradan maydonga tushib Robertoning o‘rniga uchrashuvni davom ettirgan Rafinya Alkantara ham jarohat olgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra braziliyalik futbolchining jarohati jiddiy va u operatsiya qilinadi.
Xabarlarga qaraganda Rafinya mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Fikrlar