Ana xolos! "Barselona" o‘z logotipini o‘zgartirmoqchi (foto)

Yangi logotip hozirgisiga nisbatan "yorqin, uyg‘un va bir xil" ekanligi aytilgan. Yangi logotipda qora ichki konturlar, FCB yozuvi olib tashlangan. Logotipning qolgan elementlari, jumladan ko‘k-anor rangidagi chiziqlar soni ham 7 tadan 5 taga kamaytirilgan. Markazdagi to‘pning shrifti ham ancha kattalashgan.

Mazkur o‘zgarish klub a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak va shunday bo‘lgan taqdirda yangi logotipdan kelgusi mavsumdan boshlab foydalanishi mumkin.

Bu boradagi qaror esa 20 oktyabr kuni qabul qilinadi. Ma’lumot uchun "Barselona" tarixida hozirga qadar 10 ta logotip bo‘lgan va 2002 yilda hozirgi logotip vujudga kelgan.

rue480b3faa23

rue97db769784

rue26eaa60d0b

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!