
Ana xolos! Boks hamda UFC mutasaddilari o‘rtasida "Sovuq urush" davom etadi
"Top Rank"" promouterlik kompaniyasining rahbari Bob Arum UFC xo‘jayini Dana Uaytning koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantinga qaramay, musobaqalarni qayta boshlash harakatini tanqid qildi.
"Men umid qilamanki, ular barcha ishtirokchilar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaydi. Baribir bunday o‘ylamasdan qilingan xatti-harakatlar, hech qanday foyda keltirmaydi.
Bizga kelsak, Nevada va Kaliforniyaga qarab turibmiz. Texas Atletika Komissiyasi bilan ham suhbatlashmoqdamiz. Agar, biz jangchilar va boshqa barcha ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlay olsak, musobaqani tashkil qilamiz. Bundan tashqari, tadbir tibbiy muassasalar tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Dana Uayt kabi mas’uliyatsiz bo‘lmaymiz. Siyosat bizning ishimizga aralashishini istamayman. Men Dana va uning faoliyatini umuman hurmat qilmayman”,- dedi Arum Boxing Scene nashriga.
Ular o‘rtasida bunday aytishuvlar bir necha marotaba kuzatilgan edi.
Fikrlar