Ana xolos! Daniya terma jamoasi sobiq futbolchisi koronavirusga chalindi
Daniyalik mashhur sobiq futbolchi Tomas Kalenberg koronavirusga chalindi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 36 yoshli Kalenberg Amsterdamdagi safari chog‘ida ushbu virusni yuqtirib olgan. Shifokorlar uning ahvoli yaxshiligini aytishmoqda.
Ma’lumot uchun, Kalenberg faoliyati davomida "Brondb", "Oser", "Volfsburg" va "Evian" klublarida to‘p surgan. Daniya terma jamoasida esa 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar