Ana xolos! Kecha ishdan bo‘shatilagan Konte "Real"ni boshqarishi mumkin

  • 27 mart, 2023, 17:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa boshqaruvidagi amaldagi bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yana bir top-murabbiyga e’tibor qaratdi. "Todofichajes"ning so‘zlariga ko‘ra, "Tottenxem" klubining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte "qirollik klubi"ga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Konte Anchelottining potentsial vorislari ro‘yxatiga qo‘shildi. Unga avvalroq Zinedin Zidan, Marsel Gallardo, Maurisio Pochettino va Yulian Nagelsmann kirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Madrid grandi rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan keyin Anchelottini iste’foga chiqarishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Konte 2021 yildan beri "shporlar" bosh murabbiyi edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!