Ana xolos! Koselni Venger o‘tkazgan majlisda yig‘lab yubordi

  • 3 mart, 2018, 21:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Loran Koselni jamoa a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan majlisda ko‘z tiyib tura olmadi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” bosh murabbiyi Arsen Venger futbolchilar bilan birga jamoaning ayni damdagi holatini muhokama qilishayotgan paytda Koselni o‘z ehtiroslarini jilovlay olmagan va yig‘lab yuborgan. Uning so‘zlariga ko‘ra bunga so‘nggi paytlarda farzandlari undan jamoasi nega bunday yomon o‘ynayotganini so‘ray boshlashgani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” ayni damda 45 ochko bilan APLning 6-pog‘onasida bormoqda. Londonliklarni Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi 4-pog‘onadan 10 ochko ajratib turibji.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!