Ana xolos! "Liverpul" mavsumning qolgan uy uchrashuvlarini neytral stadionda o‘tkazishga majbur bo‘lishi mumkin
Buyuk Britaniya hukumati "Liverpul"dan uy o‘yinlarini neytral stadionda o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
The Times nashrining xabar berishicha, “Liverpul”ning APLdagi hal qiluvchi o‘yinlari kuni “Enfild” atrofiga minglab muxlislar to‘planishi va buning natijasida ijtimoiy masofa qoidasi buzilishi mumkin. Shu sababli ham mersisaydliklarga o‘z uy o‘yinlarini bosha erda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilishi mumkin.
Yurgen Klopp shogirdlari premer-liganing qolgan qismida bor yo‘g‘i 4 ta - "Kristal Pelas", "Aston Villa", "Byornli" va "Chelsi" klublarini o‘z maydonida qabul qiladi xolos.
29 tur yakunlariga ko‘ra "Liverpul" 2-o‘rinda borayotgan "Manchester Siti"ni naqd 25 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar