Ana xolos: Messining mundialdagi ishtiroki so‘roq ostida

  • 05.09.2025 11:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi hali JCh-2026da o‘ynash haqida qaror qabul qilgani yo‘q.

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 saralash bosqichida Venesuela jamoasiga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol urdi.

- Men o‘ynashdan ruhlanaman va motivatsiyaga to‘laman. Har doim aytganimdek, his-tuyg‘ularimga tayanib, kunma-kun maqsadim sari intilmoqdaman. O‘zimni yaxshi his qilishga va eng avvalo, o‘zimga nisbatan to‘g‘ri bo‘lishga harakat qilaman.

O‘zimni yaxshi his qilsam - bundan mamnun bo‘laman. Agar aksincha bo‘lsa - zavqlanmayman, shuning uchun o‘zimni yomon his qilganimda terma jamoaga kelmaslikni ma’qul ko‘raman.

Ko‘ramiz. Hali Jahon chempionati bo‘yicha qaror qabul qilganim yo‘q. Bu mavsumni yakunlayman, mavsumoldi tayyorgarlikni o‘tkazaman. O‘zimni qanday his qilishimni ko‘raman. Umid qilamanki, bu mavsumni MLSda yaxshi yakunlayman, keyin mavsumoldi tayyorgarligini yaxshi o‘tkazaman, shundan so‘ng qaror qabul qilaman, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!