
Ana xolos! "Milan"ni sudga berishdi
"Milan"ning sobiq direktori Zvonimir Boban “rossonerilar”ni sudga berdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Milan” rahbariyati Bobanni mart oyi boshida ishdan bo‘shatgan edi. Ungacha esa 51 yoshli xorvatiyalik mutaxassis klub bosh direktori Ivan Gazidisni avstriyalik mutaxassis Ralf Rangnik bilan yashirin muzokaralar o‘tkazayotgani uchun tanqid qilgan edi.
Boban o‘zini nohaq ishdan bo‘shatilgan deb hisoblamoqda va shu bois sud orqali “Milan”dan kompensatsiya undirmoqchi.
Shu o‘rinda Boban “Milan”da bor yo‘g‘i 9 oy faoliyat yuritganini qayd etish lozim.
Fikrlar