
Ana xolos! Navas "Real"da qolishi mumkin, chunki...
Kosta-Rikalik darvozabon Keylor Navas katta ehtimol bilan “Real”da qolishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli posbonga haligacha birorta aniq taklif bo‘lmagan. Shu bois u “qirollik klubi”da qolishga majbur bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Navasga “Benfika” jiddiy xaridor bo‘layotgandi. Biroq, ularning 3 mln evrolik taklifi madridliklarni umuman qanoatlantirmas edi.
Ma’lumot uchun, Navas o‘tgan mavsum “Real” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Boisi, jamoaga Tibo Kurtua kelgach u asosan zaxirada qolib ketmoqda.
Fikrlar