Ana xolos! "Neftchi" kutilmaganda guruhda qolib ketdi, "Bunyodkor" va "Metallurg" pley-offda!

  • 1 iyun, 2023, 22:36
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston kubogi 3-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

"C" guruhi ishtirokchisi "Metallurg" bugun "Neftchi"ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda bekobodliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Bunyodkor" "Yunired" bilan durang o‘ynadi - 0:0. Shu tariqa, Toshkent klubi keyingi bosqich masalasini hal qildi.

"Neftchi" va "Metallurg" bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsada, o‘zaro o‘yinlardagi g‘alaba evaziga Bekobod klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi. Farg‘onaliklarga to‘plar farqidagi ustunlik ham yordam bermadi.

Quyida ushbu bellashuvdan so‘ng guruhdagi holat bilan tanishing.

bunikmet

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
02/06/2023 07:53
Бу Левченкони у'йин услубини барча мураббийлар у'рганиб бу'лди иккинчи даврада Нефтчига к,ийин бу'лади
Усманович Комил
01/06/2023 23:08
Нимага энди кутилмаганда Маталлург хам анча йилларда бери супер лиги уйинларида маьлум даражада уз сузни айтиб келяпти. Нефтчи супер лиги 2023 да бошида олов булиб ёнди лекин хозир назаримда унака кузи ёниб уйнаш йук
01/06/2023 23:51
Металларг анча йилдан буен высшый лигада уйнайди дегани бу зур деганимаску нефтчини олдида маталлург просто пешко унутманг!!! Между прочим нефтчи фанатимасман и водийданам эмасман!!!