
Ana xolos: O‘yin arafasida stadion yaqinidan 500 kiloli bomba chiqdi
Bundesliga ishtirokchisi “Maynts” jamoasining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion yaqinidan 500 kilogrammli bomba topildi.
Sport1 nashrining ma’lum qilishicha, bomba ikkinchi jahon urushi davriga tegishli va portlamay qolgan ekan.
Tez orada bomba zararsizlanadi. Buning uchun 4600 nafarga yaqin aholi vaqtincha o‘z uylarini tark etadigan bo‘ldi. Shuningdek, hududdagi o‘quv majmualari va talabalar yotoqxonasidagilar ham evakuatsiya qilinadi.
Shu kunlarda “Maynts” klubi ofisa va do‘koni ham ishlamaydi.
“Maynts” Bundesliganing navbatdagi turida o‘z maydonida “Kyoln” futbolchilarini qabul qilishi lozim. Uchrashuv 28 aprelga belgilangan.
Fikrlar