Ana xolos! O‘zbekistonlik erkin kurashchida doping aniqlangani sabab Tokio-2020 yo‘llanmasidan mahrum etildi

2020 yili Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari ishtirok etadigan O‘zbekistonning litsenziyalari soni bittaga kamaydi. Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

Erkin kurashchi Xasanboy Raximov (125 kg) o‘tgan yili Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan Jahon chempoinatida doping qabul qilganligi sababli, diskvalifitsiyaga uchradi.

Shu yilning mart oyida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo saralash turnirida O‘zbekiston yana bitta nomzodni ko‘rsatish huquqini o‘zida saqlab turibdi.

Ayni paytda O‘zbekiston sportning 8 turi bo‘yicha 14 ta litsenziyaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!