Ana xolos! «Paxtakor» va yana davlatga tegishli 5 ta futbol klubi sotuvga qo‘yiladi

  • 28 fevral, 2020, 17:18
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Davlat ulushi bor O‘zbekistondagi oltita futbol klubi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning tegishli qarori imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda gosport sayti xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish, davlat aktsiya paketlari (ulushlari)ni sotish orqali xususiy sektor rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida chiqarilayotgan qaror loyihasida O‘zbekistondagi oltita futbol klublari nomi ham sanab o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, Termizning «Surxon» va «Buxoro» klublari 100 foiz aktsiyasi sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, Sirdaryoning «Guliston» klubi 30 foiz, «Paxtakor» klubining Toshkent shahar hokimligiga tegishli 20 foiz, «Dinamo» klubining Samarqand hokimligiga tegishli 7,1 foiz va «Neftchi» klubining Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli 3 foiz aktsiyalari ham sotuv uchun qo‘yiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
28/02/2020 18:16
Андижонниям хусусйлаштирилсин илтимос.Мухлис етарлича Андижонда
Ayriliq kuylari
28/02/2020 21:01
Guliston zor bolibdi nihoyat Qaytar bizga ham futbol
Davron Jenjayev
28/02/2020 17:21
ja vaxima emaski qaytengi juda yaxshi yangilik bu
BOOM DOOM
28/02/2020 20:16
Манимча бу янгилик 3 одамга богоик ким эканлигини билганлар борми ?
Сурхон Барлос
28/02/2020 18:01
сурхон нима бўларкин