Ana xolos! PSJ Pochettinodan voz kechdi

  • 11 iyun, 2022, 18:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ rahbariyati bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni klub u bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgani haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda RMC Sport nashri. Manbaning ta’kidlashicha, tez orada Pochettinoning iste’fosi haqida rasman e’lon qilinadi.

Shuningdek, PSJ xo‘jayinlari sport direktori vazifasida ishlab kelgan Leonardoning xizmatlaridan voz kechgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bosh murabbiy lavozimini egallashga nomzod bo‘lgan mutaxassislar bilan shaxsan suhbatlashmoqda. Ko‘pchilik jamoani Zinedin Zidan qabul qilib olishini kutyapti.

Bundan tashqari, sport direktori lavozimini Luis Kampos egallashi hal bo‘lgan. Bu mutaxassis ilgari “Lill” klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!