
Ana xolos! Qatarliklar mundialda 5 yulduzli suzib yuruvchi mehmonxona xizmatidan foydalanmoqchi (foto)
Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialda mezbon yurt vakillari ajoyib ishga qo‘l urishmoqchi. Bu haqda "BBC Sports" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qatarliklar mehmonlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida 5 yulduzli 2633 xonadan iborat kemadan mehmonxona sifatida foydalanmoqchi. U o‘z bag‘riga 6 mingdan ko‘proq odamni sig‘dira oladi.
Shuningdek, kemada 6 ta suzish havzasi, 13 ta restoran va yana boshqa qulayliklar mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, ertaga Jahon chempionati o‘yinlariga start beriladi. Ochilish bahsida mezbon Qatar Janubiy Amerika qit’asidan kelgan Ekvador termasi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar