Ana xolos! Ramzan Kadirovning 4 ta o‘g‘li bir kunda ringga chiqadi

  • 30 avgust, 2020, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

3 sentyabr kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

E’tiborlisi, shu kuni mamlakat rahbari Ramzan Kadirovning 4 o‘g‘li ringga ko‘tariladi. Bu haqda “Axmat” sport klubi Abuzayd Vismuradov aytib o‘tdi.

“3 sentyabr kuni Grozniy shahrida, Kolizey sport zali arenasida Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat hoji Kadirov xotirasiga bag‘ishlangan "Afsonalar vaqti" professional boks bo‘yicha xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Arenada mamlakatimizning eng kuchli bokschilari ishtirokidagi eng ajoyib va ​​yorqin janglar bo‘ladi.

Shuningdek, Axmat sport klubidagi aziz jiyanlarim Ahmad, Eli, Adam va Abubakar Kadirovlar shu kuni ringga chiqadi”, - deydi Vismuradov instagramdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!