
Ana xolos! Ronaldu sobiq klubini sudga bermoqchi
Saudiyaning "An-Nasr" klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi "Yuventus"ni sudga berishga tayyor.
Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar unga maxfiu kelishuv bo‘yicha va’da qilingan 19,9 million evro miqdoridagi summani to‘lagani yo‘q. Tomonlar o‘rtasidagi yashirin bitim hujjatlari 2022 yilning 23 mart sanasida advokat Federiko Restanoning ofisidan topilgan edi.
Unda Krishtianu Turindan ketgan taqdirda ham "keksa senora" uning hisobiga kattagina mablag‘ o‘tkazib berishi ko‘zda tutilgan. Portugaliyalik hujumchi 2018 yilning yozida "Yuventus" tarkibiga borib qo‘shilgandi.
Shundan so‘ng u turinliklar libosida 134 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 101 gol va 22 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar