
Ana xolos! "Shalke"ning o‘lgan futbolchisi aslida tirik bo‘lib chiqdi
Gelzenkirxenda 2016 yilda vafot etgan "Shalke"ning sobiq himoyachisi Xiannik Kamba aslida tirik ekanligi aniqlandi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbolchi 2016 yil avtohalokat natijasida vafot etgan deb topilgan. Natijada uning xotini sug‘urta kompaniyasidan katta miqdorda tovon puli undirib olgan. Endi prokuratura vafot etganlik haqidagi hujjatni qalbakilashtirganlik uchun firibgarlik bo‘yicha yirik jinoiy ish ochdi.
Kamba asli "Shalke" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bir necha mavsum gelzenkirxenliklarning yoshlar jamoasida to‘p surgan. Keyinchalik "Germaniya Gladbek", "Zekel", "Reklingxauzen", "Xels", "Vestiyu Disteln" va "Xassel" klublarida ham o‘ynagan.
Fikrlar