
Ana xolos! Shomurodovga boshqa ligadan rasmiy taklif kelib tushdi!
Frantsiyaning "L’Equipe" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodovga MLS (AQShning markaziy ligasi) jamoalaridan biri tomonidan rasmiy taklif tushgan.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, "Roma" ham hamyurtimizni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Shomurodovning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Bundan tashqari, bir necha kun oldin jamoaning yangi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini o‘yin uslubiga tushmasligi sabab, Dovbikni o‘z rejalaridan chetda qoldirgani haqida xabarlar chiqqan edi. Shu bilan birga, "Roma" ham uni sotuvga qo‘ygani aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Eldor 2024/25 yilgi mavsum "A Seriya"da 27 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar