Ana xolos! Superligada birinchi davra avgustda yakunlanadi, ikkinchi davraning qanday formatda o‘tkazilishi hozircha noma’lum
Bugun «Bunyodkor» majlislar zalida Superliga klublari rahbari va PFL rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Superliga va Yoshlar ligasi musobaqalarining taqdiri muhokama qilindi. Unga ko‘ra, har ikkala musobaqaning birinchi davradagi qolgan o‘yinlari avgust oyida markazlashgan tartibda Toshkent va poytaxt viloyatidagi maydonlarda bo‘lib o‘tadi. Aytish kerak, AGMK, «Metallurg», «Bunyodkor», «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» adolat yuzasidan o‘z uchrashuvlarini neytral maydonlarda o‘tkazadi. Yoshlar ligasi doirasidagi bellashuvlar qaysi maydonlarda o‘tkazilishi hozircha noma’lum. Shuningdek, ikkinchi davra o‘yinlari qaysi formatda davom ettirilishi ham noaniq.

Fikrlar