
Ana xolos! Vafot etgan bokschi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Buyuk Britaniya antidoping agentligi (UKAD) 47 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida sobiq WBO chempioni meksikalik Moises Kallerosni (37-11-1) diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
2023 yilning aprel oyida Kallerosning topshirgan doping-testi musbat natija ko‘rsatgan. Uning tekshiruvlarida taqiqlangan moddalar, ya’ni kokain aniqlangan. Agentlik esa bu borada 24 iyun kuni bayonot e’lon qildi, unda sportchi to‘rt yilga janglardan chetlashtirilgani haqida e’lon qilindi.
Shundan so‘ng UKAD bokschi vafot etgani haqida ma’lumot oldi va agentlik bayonotni o‘chirib tashladi. Shundan so‘ng tashkilot sportchining oilasidan uzr so‘ragan press-reliz e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Moises Kalleros 2024 yilning 1 martida vafot etgan. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Fikrlar