Ana xolos: Xavi yirik g‘alabadan keyin “Real”ga murojaat qildi

  • 20 may, 2024, 12:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 37-turida “Barselona” o‘z maydonida “Rayo Valekano” futbolchilarini 3:0 hislbida mag‘lub etib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni naqd qildi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes uchrashuvdan keyin “Real” haqida gapirdi.

- “Real”ni tabriklayman bu jamoa chempionatni ajoyib tarzda o‘tkazdi. Biz ular bilan etarli darajada kurasha olmadik. Ikkinchi o‘rin – biz uchun minimum vazifa.

Endi Superkubok uchun o‘ynaymiz. Mana shunisidan mamnunman, - dedi Xavi Ernandes.

Xavi Ernandes boshchiligidagi “Barselona” mavsum davomida o‘tgan yili qo‘lga kiritilgan chempionlikni ashaddiy raqibiga topshirishga majbur bo‘ldi.

Bugungi kunda madridliklar ichki musobaqalarda ham, xalqaro maydonda ham “Bareslona”dan yaxshiroq natijalarni qayd etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!