
Ana xolos: Yozda Xolandni oladigan superklub chiqdi
“Manchester Siti” yaqinda asosiy to‘purari Erling Xoland bilan amaldagi shartnomani to‘qqiz yarim yilga uzaytirdi. “Shaharliklar” bu yo‘l orqali norvegiyalik futbolchini klubga bog‘lab olmoqchi.
Shunga qaramay, Xolandga da’vogarlik qilayotganlar qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. “Real” 24 yoshli hujumchini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Gap shundaki, madridliklar braziliyalik Vinisius Juniorni qo‘ldan chiqarishi mumkin. Saudiya Arabistoni klublari unga katta maosh, “Real”ga mo‘may daromad taklif qilyapti. Vinisius hamkorlik shartnomasini yangilash uchun madridliklardan katta maosh talab qilmoqda. Biroq “Qirollik klubi” o‘yinchilar maoshi o‘rtasidagi tafovutni katta bo‘lishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Xullas, agar Vinisius sotib yuboriladigan bo‘lsa, uning o‘rniga Xoland olib kelinadi. Florentino Peresda ancha avvaldan Kilian Mbappe va Erling Xoland hujum juftligini tashkil qilish rejasi bor.
Demak, vaziyatni kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar