
Ana xolos! “Yuventus” Pogba o‘rniga boshqa o‘yinchi oladi
“Manchester Yunayted”dagi faoliyatini yakunlab, “Yuventus”ga qaytdan Pol Pogba uzoq muddat turinliklarga yordam bera olmaydi. Chunki frantsiyalik yarim himoyachi jarohat oldi va undan qutilish uchun ancha vaqt sarflashi aytilmoqda.
Bundan “Atletiko” mutasaddilari unumli foylanib qolmoqchi. Ular bosh murabbiy Diego Simeonega kerak bo‘lmay qolgan Saul Niges xizmatini Turin klubiga taklif qildi.
Madridliklar ispan yarim himoyachisi maydon markazida Pogba o‘rnini bosishiga ishonmoqda.
27 yoshli Saul o‘tgan yili “Chelsi”ga ijaraga berilgandi. Biroq, u Tomas Tuxel jamoasida o‘zini ko‘rsata olmadi va Madridga qaytarib yuborildi.
Fikrlar