
Ana xolos! Zidan bugun "Real"dan ketadi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z lavozimini tark etadi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 45 yoshli frantsiyalik mutaxassis bugun bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida bu haqda e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Zidan “qirollik klubi”ni 2015/16 yilgi mavsumdan buyon boshqarib kelayotgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Jami hisobda esa Zidan “Real” bilan 9ta sovringa ega chiqdi.
Fikrlar