Anchelotti "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 24 fevral, 2020, 01:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligaisning 27-turida "Arsenal" o‘z uyida "Everton" klubini qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mag‘lubiyatga uchragan "Everton" ustozi Karlo Anchelotti uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Himoyada esa rostakamiga yomon o‘ynadik. Budany 3 ta gol o‘tkazib yuborgandan keyin, oddiy yutqazib qo‘ya qolasiz.

Birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirishga erishgandik. Ular payshanba kuni o‘yin o‘tkazishganini bilardik, ular o‘yin oxirlarida charchab qolishligini bilgandik, ammo 2:3 ga yutqazib qo‘ydik. Eng asosiy vaziyat, bu 3 ta golni oson o‘tkazib yubordik.

Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Andre Gomesh maydonga tushganida, jamoa ancha yaxshi o‘ynadi. Hujumda biz yaxshi o‘ynadik, ammo himoyada unday emas!

Biz yaxshi yo‘nalishda ketyapmiz, ammo biz dars olishimiz kerak. Biz himoyada yurakdan o‘ynamadik, shuning uchun uyga ochkosiz qaytamiz," - dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!