
Anchelotti bugun "Siti"ga qarshi qanday taktik yurishlar qilishi haqida ochiqchasiga gapirdi
Bugun tungi soat 00:00 da "Real"ning chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yini boshlanadi. Mazkur bahs oldidan "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Maydon markazida hammasi aniq, bizda Modrich o‘ynaydi. Boshqalar ham odatdagidek o‘z o‘rnida. O‘ylashimcha, Lukada bugun ortiqcha muammo bo‘lmaydi.
Kamavinga to‘pning bizda ekani yoki to‘psiz ekanimizda ikki xil pozitsiyada harakat qiladi. Hujumda ekanimizda u yarim himoyachi, himoyada esa mudofaa vakili sifatida to‘p tepadi.
Bizda charchoq bo‘lishi mumkin. Ammo tiklanish uchun etarlicha harakat qildik, deb o‘ylayman. Valverdega bugun jismoniy tomonlama oson bo‘lmasligini taxmin qilyapman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar