
Anchelotti Kamavinganing jarohati haqida gapirdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jarohat olgan Eduardo Kamavinganing ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Ko‘pincha chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydigan frantsiyalik yarim himoyachi La Liganing shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Xetafe"ga (1:0) qarshi bahsda jarohat olib, almashtirilgan edi. Ispaniya OAV xabar berishicha, Kamavingning jarohati ancha jiddiy bo‘lishi mumkin, biroq Anchelotti muxlislarni ishontirdi:
"Bu shunchaki ko‘karish. Menimcha, u tezda tuzalib ketadi. Kamavinga endigina 20 yoshda va bunday zarbalardan tezda qutula oladi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga barcha futbolchilar tayyor bo‘lishiga ishonaman", - deya "qaymoqranglilar" ustozining so‘zlarini keltiradi "Madrid Xtra".
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Real" Madrid uchrashuvi 17 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar