Anchelotti: "Militao hali 90 daqiqa o‘ynay olmaydi"

  • 12 aprel, 2024, 17:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoyachi Eder Militaoning holati haqida ma’lumot berdi.

"Militao o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Albatta, hali u to‘liq 90 daqiqa o‘ynay olmaydi, - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi "Madrid extra" nashri.
Braziliyalik futbolchi mavsum boshida xochsimon paylaridan jarohat olgan edi. Eder so‘nggi turda "Atletik" bilan o‘yinda (2:0) bir daqiqa o‘ynab, maydonga qaytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" 13 aprel kuni La Liganing 31-turi doirasida safarda “Malorka” bilan o‘ynaydi. Bellashuv 21:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!