Anchelotti Peresdan Benzema o‘rniga zo‘r hujumchi olib berishni so‘radi

  • 3 iyun, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” to‘purari Karim Benzema yana bir yil jamoada qoladigan bo‘ldi. Lekin shunga qaramay, bosh murabbiy Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan yana bir superhujumchi so‘ramoqda.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuv chog‘ida “Tottenxem” to‘purari Harri Keynni transfer qilishni tayinlagan.

Harri Keyn “Tottenxem” bilan yangi shartnoma tuzmaydi va kelasi mavsum oxirida amaldagi kelishuvi tugaydi.

Keynga Angliyaning bir necha grandlari ohiz solmoqda. “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi eng zo‘r hujumchisini raqiblar safiga o‘tib ketishiga qarshi. Shu bois, Keynning Angliyadan uzoqroqqa ketishi klub xo‘jayinini to‘liq qoniqtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!