
Anchelotti "Real" bilan kelishib oldi
Karlo Anchelotti "Real Madrid"dan ketish shartlarini kelishib oldi.
"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, "Real" va Anchelotti og‘zaki kelishuvga erishgan. Murabbiyning iste’fosi haqida La Ligadagi mavsum yakunlanmasidan oldin rasman e’lon qilinishi kutilmoqda - bu 11 may kuni "Barselona"ga qarshi o‘yindan keyin amalga oshishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Anchelotti tez orada Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) bilan shartnoma imzolaydi. Italiyalik murabbiy boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi ilk o‘yinlarini iyun oyida - JCh-2026 saralashida Ekvador va Paragvayga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Tez orada "Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoani kim boshqarishini hal qiladi. Nomzodlar orasida Xabi Alonso, Santyago Solari, Raul va Alvaro Arbeloa bor.
Fikrlar