Anchelotti: “Real” yomon o‘ynamoqda degan muhlislarga javobim – biz La Liga etakchisimiz”

  • 20 yanvar, 00:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Las-Palmas”ga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. 
 
“Eshitishimcha, jamoam so‘nggi o‘yinlarda yomon o‘yin o‘tkazayotgan ekan. Biroq, biz hozirda La Liganing turnir jadvalida etakchilik qilmoqdamiz. Bu esa o‘sha muhlislarga javob bo‘ladi.
 
"Madrid" La Ligada eng yaxshi o‘ynayotgan jamoami? Biz eng yaxshisimiz demoqchi emasman. Albatta, hech kim mukammal emas. Biz o‘z futbolchilarimiz sifatidan kelib chiqqan holda, futbol o‘ynashga harakat qilyapmiz xolos. 
  
Agarda kimlar 11 metrlik jarimasi zarbasini amalga oshiradi deb so‘rasangiz, bular Vinisius, Mbappe va Bellingem.
 
"Bernabeu"dagi hushtakbozlik og‘ir botadi, chunki bu muxlislarimizdan chiqadi. Biroq, o‘ylashimcha, bu biz uchun foydali bo‘ldi. Sababi, futbolchilarim bunga tezda reaksiya ko‘rsatishdi. 
 
Alabaning qaytishidan barchamiz xursandmiz, siz bunga futbolchilar va stadionning munosabatini ko‘rdingiz. Maydonga nafaqat ajoyib futbolchi, balki etakchi va yo‘lboshchi qaytganini hamma tushunadi” – dedi italiyalik mutaxassis.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!