Anchelotti "Real"ga hujumchi topdi
“Everton” hujumchisi Risharlison yangi mavsumni Ispaniya chempionatida boshlashi mumkin.
Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, “irischilar”ning sobiq ustozi Karlo Anchelotti braziliyalik futbolchini “Real”ga olib ketmoqchi.
Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining transferini 60 million evroga baholamoqda. Uning “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Risharlison o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar