Anchelotti “Real”ga ko‘p gol uradigan hujumchini chaqirdi

  • 07.07.2021 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ni yangi mavsumga tayyorlayotgan Karlo Anchelotti “Everton”dagi shogirdi Risharlisonga qo‘ng‘iroq qildi.

Italiyalik mutaxassis braziliyalik futbolchini “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga undamoqda.

Ayni paytda Risharlison Amerika kubogida ishtirok etayotgani bois madridliklar rasmiy taklif yuborgani yo‘q. Biroq futbolchi Evropaga qaytishi bilan muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

24 yoshli hujumchi “Everton”da 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. U shu kunga qadar 119 uchrashuv o‘tkazib, jami 42 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Risharlisonning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq, bu hujumchini 55 million evro evaziga qo‘lga kiritishning imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!