Anchelotti yosh vunderkindni jahon chempionatida o‘ynanishi kafolatladi

  • 06.12.2025 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

- So‘nggi olti oydagi o‘yiniga qarab, shuni aytamanki, Estevao jahon chempionatiga boradi. U juda noyob o‘yinchi, boshqalardan farq qiladi. Chunki u tabiiy iste’dodga ega. Yoshi sababli hali 100 foiz shakllanib ulgurmagan. Talantni yaxshilab bo‘lmaydi, ammo barqarorlikni oshirish mumkin.

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Chelsi” tarkibida porlay boshlagan yosh hujumkor futbolchi Estevao 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashishi ma’lum qildi.

Jismoniy jihat, taktik tayyorgarlik va ruhiy barqarorlik unga yordam beradi. Estevao “Chelsida juda yaxshi rivojlanyapti.

Men “Chelsi” mutasaddilari bilan gaplashmaganman, lekin ular unga alohida rivojlanish dasturi tayyorlayotganiga ishonaman. Shuning uchun terma jamoa bunday iste’dod egasidan foydalanishi kerak, - dedi Karlo Anchelotti.

18 yoshli Estevao “Palmeyras” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yozda “Chelsi” uni 45 million evroga transfer qildi.

Estevao 2024 yilning sentyabrida Braziliya terma jamoasi safida debyut qilgan edi. hozirgacha xalqaro miqyosda o‘n bitta o‘yinda beshta gol urdi. Shu gollardan to‘rttasini Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi uchta uchrashuvda kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!