
Anchelottiga bu transfer yaxshigani bosh og‘rig‘i bo‘ladi
Ispan OAVning yozishicha, “Real” “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda, biroq bu transfer Karlo Anchelotti uchun tarkib tanlashda qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi.
Ispaniya La Ligasi qoidalariga ko‘ra, har bir jamoada Evropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lmagan 3 nafar futbolchi bo‘lishi mumkin. "Real"da bu o‘rinlarni Vinisius, Eder Militao va Rodrigo band etgan. “Qaymoqranglilar” yozda ushbu futbolchilarning hech biri bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, shu sababli madridliklar Vinisiusga imkon qadar tezroq Ispaniya pasportini olishga urinmoqda.
“El Larguero” nashri jurnalisti Pedro Ximenesning so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik forvard 2020 yilda ispan fuqoroligini olishga harakat qilib ko‘rgan, ammo koronavirus sabab kechiktirilgan edi. Hozir mamlakatda 300,000 dan ortiq fuqoro hujjatlarini olishni kutmoqda. Ammo Pireney yarim orolida yiliga ko‘pi bilan 60 000 ta pasport berilishi mumkin. Shu sabab "Real" limit bilan bog‘liq muammoni hal qilmasdan turib, Jezusning transferi borasida qaror qabul qilmoqchi emas.
Fikrlar