Anchelottiga qo‘shib, Vinisiusni ham olib kelamiz!

  • 30 aprel, 15:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi juda katta ishga qo‘l urishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Shayxlar o‘z jamoasiga “Real”ning ikki mashhur vakilini olib kelmoqchi.

Tecno

Sports Zone nashrining ma’lum qilishicha, “Al-Hilol” tez orada “Real” bilan xayrlashadigan Karlo Anchelottiga darvomadli taklif bergan. Buning natijasida italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarish imkoniyatidan voz kechdi.

Bundan tashqari, “Al-Hilol” madridliklar yulduzi Vinisius Juniorni ham o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytgani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, saudiyaliklar braziliyalik futbolchi transferiga 800 million evro tikishga tayyor. Bu summa ichida badal puli, o‘yinchining maoshi va bonuslari bor.

Ar-Riyod shahri klubi vakillari Vinisius Junior agentlari bilan aloqa o‘rnatdi. Tomonlar 24 yoshli hujumchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Karlo Anchelotti 15 iyun – 13 iyul kunlari AQShda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin “Qirollik klubi” bilan xayrlashishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!