
Anderson Silva Tito Ortisni nokautga uchratdi (Video)
Erta tongda AQShning Los-Anjelas shahrida professional boks bo‘yicha o‘ziga xos shou kechasi tashkil etildi.
Uning markaziy jangida 58 yoshli Evander Xolifild hamda sobiq UFC chempioni 44 yoshli Vitor Belfort ringga ko‘tarildi.
Jang 8 raund qilib belgilangan edi. Biroq, ushbu bahs 1-raunddayoq o‘z yakuniga etdi. Xolifildga baribir yosh o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va Belfort afsonaviy bokschini nokaut bilan mag‘lub qildi.
Shuningdek, ushbu kechada UFCning o‘tmishdagi yulduzlari Anderson Silva hamda Tito Ortislar ham boks qonun-qoidalari asosida jang qildi. Kutilganidek, bu jangda braziliyalik Silva birinchi raundda Ortisni chuqur nokaut holatiga tushirib, g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar