"Andijon" bosh murabbiyi chorak finaldagi raqibi haqida nimalarni aytdi?

  • 25 avgust, 2022, 23:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca-Cola Kubogining 1\4 finaliga qur’a tashlanganidan xabaringiz bor. Unga ko‘ra, “Andijon” klubi 3 sentyabr kuni o‘z maydonida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasini qabul qiladi.

Tecno

“Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov ilgari AGMK klubiga bosh murabbiylik qilgan va bu jamoani yaxshi biladi. Shu bois Viktor Balyutovich chorak finaldagi raqib haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Juda qiyin rakib. Hozirgi paytda ular chepionatda yaxshi holatda ketyapti. Yaqinda “Lokomotiv”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Nasaf” bilan safarda yaxshi o‘ynadi va yutib ketishi ham mumkin edi. “Metallurg” bilan Kubok o‘yinida to‘liq ustunlik qildi.

O‘yingacha qanday holatda bo‘ladi bilmaymanu, lekin hozirgi vaqtda juda jiddiy raqibga duch keldik. Uchrashishni xohlamagan jamoalardan biri to‘g‘ri keldi. Lekin biz muxlislarimizni xursand qilish uchun oxirigacha kurashamiz”, - dedi Viktor Kumikov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Nosirov
26/08/2022 13:38
Рухингни туширма Виктор ака,дадил бул, олга "АНДИЖОН "
араббаевич давлат
26/08/2022 08:55
Андижонга омад. Галабаларни кутиб коламиз.