"Andijon" bosh murabbiylikka yana bir nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Siz uni yaxshi taniysiz!

  • 3 sentabr, 2020, 07:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” jamoasining bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Viktor Kumikov kecha rasman iste’foga chiqarilganidan xabardorsiz. Mashg‘ulotlarni esa vaqtincha Baxtiyor Hamidullaev o‘tkazib turibdi.

Bosh murabbiy bo‘lish uchun esa albatta “PRO” litsenziyasi bo‘lishi shart. Hamidullaevda esa bunday litsenziya yo‘q. Ammo har qanday holatda ham, u murabbiylar shtabida ishini davom ettiradi. Shuning uchun “Andijon” rahbariyati boshqa mutaxassislar bilan muzokaralarga kirishgan.

Kecha Davron Fayziev bosh murabbiylikka nomzodlar orasida borligi haqida ma’lum qilgandik. Bundan tashqari, rahbariyat yana bir nomzodni ham ko‘rib chiqmoqda. Bu siz uchun yaxshi tanish bo‘lgan Aleksandr Xomyakovdir.

U jamoani ushbu mavsumga o‘zi tayyorlagan va 3-turdan keyin klubdan ketishga qaror qilgandi. Yangi rahbariyat esa Aleksandr Andreevichni yana ortga qaytarish ustida ham o‘ylamoqda. Ayni paytda esa, u “Buxoro” klubida maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat olib boryapti.

Xullas, ma’lumotlarga qaraganda, “Andijon”ni Fayziev yoki Xomyakovdan biri boshqarishi kutilmoqda. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
'''''''''''' """"""
08/09/2020 10:48
Четдан мураббий обкелиб катта катта маблағ тўлагандан кўра махаллий мураббийларга бериш керак командани Хамидуллаевга ишонамиз, мана Рўзиқул Бердиев Насафда қанчадан бери ишлайди, худди шунга ўхшаб Хамидуллаевгаям имкон бериш керак. Натижа эртагаёқ кемиди, узоқ муддат ишлаш керак шунда натижа бўлади.